DAVLAT TILIDA ISH YURITISH KITOBINING TAQDIMOTI
15.01.2021 - 15:56Urgut tumani hokimligida 2021-yil 15-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan taqdim etilgan “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo‘llanmasining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida qayta ishlangan va to‘ldirilgan nashrining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur amaliy qo‘llanmada tashkilot, muassasa va idoralarning ish yuritish faoliyatida eng ko‘p qo‘llanadigan hujjatlar o‘z aksini topgan.