Tashqi yozuv va peshlavhalar: davlat tiliga eʼtibor vijdon ishiga aylanishi kerak
22.06.2021 - 20:07Sir emaski, bugun davlat tiliga eʼtibor, oʻzbek tilini rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi nufuzi va maqomini oshirish bilan bogʻliq tarixiy islohotlar davrida yashamoqdamiz. Ushbu ezgu amaliy saʼy-harakatlarning, avvalo, muhtaram Yurtboshimiz tomonidan dadil boshlab berilganligi, bugun davlat tiliga eʼtiborning tobora yuksalib borayotganligini alohida qayd etish joiz.
Hozirda shahar markaziy koʻchalaridagi tashqi yozuvlar, peshlavhalar hamda reklama matnlarini davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish borasidagi saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda.