Viloyat prokurori Ravshan Masharipov Urgut tumani “Kamongaron” mahallasida

Viloyat prokurori Ravshan Masharipov joriy yilning 22-iyun kuni Urgut tumani “Kamongaron” mahallasiga borib, mahallada va xususan qabristonda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. 

Bundan tashqari, mahallada yashab oʻtgan obroʻ eʼtiborli insonlarning ruhini shod etish uchun tashkil etilgan yodgorlik muzeyini hamda “Xoja-Axror-Vali” maqbarasini ziyorat qilib, uning tarixi bilan tanishdi. 

Shundan soʻng, ushbu mahalla aholisi, oqsoqollari va yoshlari bilan uchrashib, kitobxonlikka qiziqqan kamongaronlik yoshlarga kitoblar sovgʻa qildi.

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15