Gaz plitalar uchun metall panjaralar toʻliq mahalliylashtirildi
15.06.2021 - 21:09Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “Sam elektro servis” MCHJ tomonidan gaz plitalar uchun metal panjara ishlab chiqaruvchi kichik korxona ishga tushirildi.
Yillik quvvati 190 ming dona boʻlgan mahsulotlar dastavval korxona ehtiyojlari uchun, qolaversa boshqa korxonalarga ham kooperatsiya yoʻli bilan yetkazib beradi. Maʼlumki, “Ideal” brendi ostida yiliga 260 ming dona elektr duxovka, 150 ming dona gaz plitalari va ular uchun qoʻshimcha buyumlar ishlab chiqariladi. Korxonaga Turkiya texnologiyasi asosida zamonaviy, energiya tejovchi uskuna va jihozlar keltirib oʻrnatildi.