Ochiq suv havzalari hayotingiz uchun xavflidir. Yana bir narsa, suzishni bilish xavfsizlikka kafolat boʻla olmaydi
26.06.2021 - 19:45Aziz yurtdoshlar, suv havzalarida fuqarolarning choʻkib halok boʻlishlari bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida quyidagi oddiy qoidalarga amal qiling:
hech qachon belgilanmagan joylarda (daryo, soy, koʻl, suv ombori, kanal va ariq) choʻmilmang;
“Choʻmilish taqiqlanadi” maxsus belgilariga qatʼiy amal qiling;
yozgi taʼtil davrida bolalarni belgilanmagan joylarga choʻmilishga borishlariga yoʻl qoʻymang;
yosh bolalarni nazoratsiz qoldirmang;
spirtli ichimliklar isteʼmol qilib, choʻmilishga bormang;