2023-yilning 12-avgust kuni Urgut tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi binosida 2023-yil hosilidan urug‘lik g‘alla yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun subektlar o‘rtasida tender tanlovi bo‘lib o‘tadi.
Tanlovda qatnashish istagini bildirgan fermer xo‘jaliklar boshliqlari quyidagi hujjatlar to‘plamini 2 nusxada tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limida tuzilgan tanlov komissiyasiga 10-avgustgacha taqdim qilishlari so‘raladi.
- Fermer xo‘jaligi boshlig‘i nomidan ariza;
- Fermer xo‘jaligi boshlig‘i nomidan tilxat;
- Tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limining ma’lumotnomasi
- Fermer xo‘jaligi, uning boshlig‘i va ishchi xodimlari to‘g‘risida ma’lumotnoma.
- Tuman Irrigatsiya tizimi bo‘limi ma’lumotnomasi.
- Viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining tuman bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotnoma.
- Fermer xo‘jaligi boshlig‘ining mutaxassisligi va ma’lumoti to‘g‘risida hujjat (dimlom nusxasi)
- Fermer xo‘jaligi boshlig‘ining qishloq xo‘jaligi sohasidagi ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat daftarchasi va boshqa hujjatlar)
- Fermer xo‘jaligida ishlayotgan urug‘chi hosilotning ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (diplom nusxasi va mehnat daftarchasi)
- Majburiyatdan ozod pul mablag‘i to‘g‘risida tegishli bank tomonidan berilgan ma’lumotnoma.
- Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyaning tuman bo‘limi boshlig‘i tomonidan berilgan ma’lumotnoma hamda texpasport nusxasi.
- So‘ngi 3 yil ichidagi g‘alla hosildorligi bo‘yicha kontraktatsiya shartnomasining bajarilishi bo‘yicha don korxonalari yoki g‘allachilik klasterlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma.
Hujjatlarni qabul qilish 2023-yilning 10-avgust kuni 17:00 da to‘xtatiladi. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: (66)-234-07-66, (99)-035-33-73, (94)-187-41-77, (99)-622-32-36 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.