Tumanda 2023-yilda original, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik boshoqli don yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun tanlov o‘tkazish to‘g‘risida

 

E’LON

 

G‘alla yetishtiruvchi xo‘jaliklar diqqatiga!

 

2022-yilning 8-avgust kuni Urgut tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi binosida 2022-yil hosilidan urug‘lik g‘alla yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun subyektlar o‘rtasida tender tanlovi bo‘lib o‘tadi.

         Tanlovda qatnashish istagini bildirgan fermer xo‘jaliklar boshliqlari quyidagi hujjatlar to‘plamini 2 nusxada tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limida tuzilgan tanlov komissiyasiga 5-avgustgacha taqdim qilishlari so‘raladi.

 

  1. Fermer xo‘jaligi boshlig‘i nomidan ariza;
  2. Fermer xo‘jaligi boshlig‘i nomidan tilxat;
  3. Tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limining ma’lumotnomasi
  4. Fermer xo‘jaligi, uning boshlig‘i va ishchi xodimlari to‘g‘risida ma’lumotnoma.
  5. Tuman Irrigatsiya tizimi bo‘limi ma’lumotnomasi.
  6. Viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining tuman bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotnoma.
  7. Fermer xo‘jaligi boshlig‘iining mutaxassisligi va ma’lumoti to‘g‘risida hujjat (dimlom nusxasi)
  8. Fermer xo‘jaligi boshlig‘ining qishloq xo‘jaligi sohasidagi ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat daftarchasi va boshqa hujjatlar)
  9. Fermer xo‘jaligida ishlayotgan urug‘chi hosilotning ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (diplom nusxasi va mehnat daftarchasi)
  10. Majburiyatdan ozod pul mablag‘i to‘g‘risida tegishli bank tomonidan berilgan ma’lumotnoma.
  11. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyaning tuman bo‘limi boshlig‘i tomonidan berilgan ma’lumotnoma hamda texpasport nusxasi.
  12. So‘ngi 3 yil ichidagi g‘alla hosildorligi bo‘yicha kontraktatsiya shartnomasining bajarilishi bo‘yicha don korxonalari yoki g‘allachilik klasterlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma.

 

Hujjatlarni qabul qilish 2022-yilning 5-avgust kuni 14:00 da to‘xtatiladi. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: (66)-234-07-66,  (99)-035-33-73,                (94)-187-41-77 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15