URGUTIMIZ FARZANDI O‘ZBEKISTON NIGOHIDA

 

2021-2022 yil mavsumida O‘zbekiston Professional futbol ligasi odatiga ko‘ra, mavsumning eng yaxshi futzalchisi aniqlandi. 

Unga koʻra, Urgut tumani Bog‘ishamol mahallasning faxrli farzandi, jahon chempionati ishtirokchisi, bir necha bor O‘zbekiston chempioni bo‘lgan Nishonov Husniddin Bahrom o‘g‘lining  jamoa  oʻyinlaridagi xizmatlari alohida eʼtirof etilib, yilning eng yaxshi futzalchisi nominatsiyasiga munosib deb topildi.

Urgut tumani hokimligi Nishonov Husniddinni erishgan yutuqlari bilan muborakbod etib, uning ota-onasi va ustozlariga o'z minnatdorchiligini bildiradi.

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15