“ISHBILARMON AYOL”koʻrik- tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi 

Urgut tumani “Yoshlik” istirohat bogʻining amfiteatrida Mustaqillikning 30 yilligiga bagʻishlab  “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori asosida “ISHBILARMON AYOL”koʻrik- tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi.

Tadbir Urgut tuman hokimligi, Hunarmand uyushmasi tuman boʻlimi, Yoshlar ittifoqi tuman boʻlimi, Savdo-sanoat palatasi tuman boʻlimi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirda OʻzLiDeP viloyat va tuman Kengashi masʼullari, Yoshlar ittifoqi tuman boʻlimi masʼullari, ommaviy axborot vositalari tumanda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkor xotin-qizlar, keng jamoatchilik ishtirok etishdi.

Tadbir davomida tuman madaniyat boʻlimi xonandalari ishtirokida konsert dasturi uyushtirildi. Tadbir soʻngida “Ishbilarmon ayol” koʻrik tanloviningishtirokchilarining baholash nizomiga asosan gʻoliblar aniqlandi. 

Unga koʻra: 1-oʻrin: Amriyeva Eʼzoza YATT qoʻlga kiritdi

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15