Urgut tumanining Qorabuloq MFY hududida 60 oʻringa moʻljallangan “Urkent” oʻquv markazi ishga tushirildi.
Oʻquv markazida ingliz tili, rus tili, ona-tili, matematika, arifmetika, biologiya, kimyo, tarix hamda IT dasturlash sohasi va kompyuter savodxoniki kabi fanlardan yuqori darajadagi oʻqituvchilar tomonidan kuchaytirilgan dars mashgʻulotlari olib borish rejalashtirilgan.
Taʼlim jarayoni 1-sinfdan 11-sinfga qadar guruhlarga ajratilgan holatda darslar oʻtiladi. Ularga Oliy taʼlim muassasalaridan Oliy toifali hamda magistr darajasidagi oʻqituvchilar jalb etilgan.
Oʻquv markazining ochilishi joriy yilning 30-mart kuni boʻlib oʻtib, tadbirda tumani hokimi B.Jabborov hamda tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri, mahalla fuqarolari, ota-onalar, maktab oʻquvchilari, nuroniylar hamda Sam DAQ institutining oʻqituvchilari ishtirok etishdi.