Ayollar daftaridagi xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam ko’rsatildi

Image_tadbir: 

 

 Soʻnggi yillarda mamlakatimizda aholi, shu jumladan, xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti ogʻir, ishsiz va kasb-hunarga ega boʻlmagan, huquqiy va maʼnaviy-psixologik qoʻllab-quvvatlashga zarurati boʻlgan fuqarolarga davlat tomonidan manzilli koʻmaklashish boʻyicha mutlaqo yangicha tizim joriy qilindi.

 Xususan, bugun tuman hokimi B.Jabborov 1-sektor hududidagi mahallalarda yashovchi xotin-qizlar bilan uchrashib, Davlatimiz ayollarni soʻnggi yillarda ijtimoy-huquqiy va psixologik qoʻllab-quvvatlash,, kasb-hunarga oʻrgatish, bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka jalb qilishga eʼtibor sezilarli darajada yaxshilanayotganini, ularning koʻlami kengayib, olis va chekka hududlardagi aholining ushbu imkoniyatlardan foydalana olish istagi ortib borayotganini ta’kidlab o'tdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 250-sonli qaroriga asosan tumanda birinchi bosqichda 4522, ikkinchi bosqichda esa 5093 nafar ehtiyojmand xotin-qizlar roʻyxatlari “Ayollar daftari”ga kiritildi. 
 
 Shundan 1-sektor hududidagi mahallalarda yashovchi “Ayollar daftari”ga kiritilgan  boquvchisini yoʻqotgan, nogiron va qaramogʻida nogiron farzandi boʻlgan 181 nafar xotin-qizlarga 980 000 ming so’mdan jami 177 380 000 ming so’m miqdorida bir martalik  moddiy yordam ajratildi.

2015-2024 © Urgut tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM
95x15