Doimiy komissiya yig'ilishi va joylarda o'rganish o'tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”dagi PF-27-sonli Farmonning tumandagi ijrosi yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi G.Nuriddinovaning hisoboti xalq deputatlari Urgut tumani Kengashining yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishda dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi hamda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, kasalliklarni barvaqt aniqlash, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan, tazyiq va zo‘ravonlikdan, odam savdosidan jabrlanganlar hamda profilaktik va probatsiya hisobida turuvchilarning xonadonlariga borib ijtimoiy holatini o‘rganish, xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish, xotin-qizlarning zamonaviy bilimlar va kasb-hunar egasi bo‘lishlariga ko‘maklashish ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni yaqindan o‘rganish maqsadida xalq deputatlari Urgut tumani Kengashining yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan joylarda chiqilgan holda o‘rganildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga takliflar berilib, bartaraf etish choralarini ko‘rish belgilab olindi.

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15