TEMIR DAFTARDA TURGAN OILA FARZANDLARIGA YAGONA MAKTAB FORMASI TARQATILDI 

 

Joriy yilning 4-avgust sanasida, Vazirlar mahkamasining 19-maydagi 271-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, 2-sektor mas'ul xodimi Xo'jayorov Zafar hamda tuman xalq ta'limi boʻlimi mudirining ma'naviyat bo'yicha o'rinbosari Sh.Saitqulov boshchiligida, Urgut tumani 2-sektor hududida joylashgan umumta'lim maktablarning "Temir daftar" da turgan oila farzandlariga yagona maktab formasi tarqatildi.

Yurtimizda bu borada olib borilayotgan islohotlar, Inson qadrini ulug‘lash ularning bugundan rozi bo‘lib yashashlari, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va ezgu maqsadlar ro‘yobiga xizmat qiladi.

Ushbu savobli ish uchun maktab formasi olgan o'quvchilarning ota-onalari, prezidentimizga va mutasaddi tashkilot xodimlariga o'z minnatdorchiligini bildirishdi.

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15