SAMARQAND VILOYATI DELEGATSIYASI AʼZOLARI TOMONIDAN, NUKUS TUMANIDAGI 4 TA SEKTOR HUDUDIDA MURUVVAT TADBIRLARI OʻTKAZILDI

 

Jumladan, Nukus tumanidagi 1-sektor hududida yashab kelayotgan, 50 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga, Samarqand viloyat mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Saidahmad Usmonov, Urgut tumani hokimi B.Jabborov tomonidan, Ramazon hayiti tuhfalari topshirildi.

Shuningdek, sektorda tashkil etilgan kutubxonaga 250 dona turli badiiy va siyosiy adabiyot kitoblari hamda MFY yoshlar yetakchilariga sport jihozlari va jamlamalari taqdim etildi.

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15