SEL XAVFI BOʻLGANDA ZARUR HARAKATLAR BOʻYICHA TAVSIYALAR:

 

➖ sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi toʻgʻrisida xabar eshitgandan soʻng darhol xavfsiz joyga koʻchish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha boʻlishi mumkin) doimo yodda tutish lozim;

➖ sel oqimidan xalos boʻlishning iloji boʻlmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror baland moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3-5 soat davom etishi mumkin; 

➖ sel oqimi oʻtgandan soʻng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv taʼminotining sozligini tekshirish zarur.

Urgut tumani FVB

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15