Events

NAJOT TAʼLIMDA

 

Urgut tumanining Qorabuloq MFY hududida 60 oʻringa moʻljallangan “Urkent” oʻquv markazi ishga tushirildi.    

Oʻquv markazida ingliz tili, rus tili, ona-tili, matematika, arifmetika, biologiya, kimyo, tarix hamda IT dasturlash sohasi va kompyuter savodxoniki kabi fanlardan yuqori darajadagi oʻqituvchilar tomonidan kuchaytirilgan dars mashgʻulotlari olib borish rejalashtirilgan. 

Image_tadbir: 

1-SEKTOR HUDUDIDA MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARI KOʻPAYMOQDA

 

Urgut tumani Ipakli mahallasida tadbirkor tashabbusi bilan "Sobira xoji ona" nomli nodavlat maktabgacha talim tashkilotining tantanali ochilish jarayonlari boʻlib oʻtdi. Tadbirda tuman hokimi, B.Jabborov, IIB boshligʻi Z.Mamadaliyevlar ishtirok etishdi.

Ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilishi natijasida hududda 150 nafar  3-7 yoshli bolalar maktabgacha taʼlim bilan qamrab olindi.

Image_tadbir: 

SAYYOR QABUL—MUAMMOLAR YECHIMI

 

Hududlarda Inson qadrini ulugʻlash va aholi muammolarini o'rganish hamda ularni ijobiy hal qilish maqsadida, muntazam sayyor qabullar o’tkazilib kelinmoqda. 

Jumladan bugun, tumanning eng olis chekka hududida joylashgan Omonqoʻton mahalla fuqarolar yigʻinida tuman hokimi va sektor rahbari ishtirokida sayyor qabul boʻlib oʻtdi.

Image_tadbir: 

Urgut tumani hokimining Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan bayram tabrigi;

 

Assalomu Alaykum, hurmatli tumandoshlar!

Siz, azizlarni, sizlar orqali koʻp millatli xalqimizni sharqona yangi yil – Navroʻz bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Nuroniy otaxon va onaxonlarimizga, hurmatli aka-uka, munis opa-singillarimizga, navqiron yoshlarimiz, suyukli farzandlarimizga, oʻzimning yuksak hurmat-ehtiromim va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Ushbu qutlugʻ bayram kunlarida joriy yilda ham dalalarda hosillarimiz moʻl va barakali, rizqu nasibamiz yanada ziyoda boʻlsin, deb barchamiz duolar qilamiz.

Aziz doʻstlar!

Image_tadbir: 
2015-2024 © GOVERNMENT OF URGUT DISTRICT. Maked by: SAKTRM
95x15