Янгиликлар

NUKUS TUMANIDA "SAMARQAND BOGʻI" TASHKIL QILINDI

 

"Yashil makon" umummilliy loyiha doirasida Samarqand delegatsiyasi tomonidan "Aqmangʻit" posyolka fuqarolar yigʻini hududiga 100 tup manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.

Mazkur loyiha doirasida, Urgut tumanidan, B.Jabborov rahbariligida Nukus tumaniga tashrif buyurgan masʼullar ham faol ishtirok etib, ushbu maskanga daraxt koʻchatlarini ekishdi.

SAMARQAND VILOYATI DELEGATSIYASI AʼZOLARI TOMONIDAN, NUKUS TUMANIDAGI 4 TA SEKTOR HUDUDIDA MURUVVAT TADBIRLARI OʻTKAZILDI

 

Jumladan, Nukus tumanidagi 1-sektor hududida yashab kelayotgan, 50 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga, Samarqand viloyat mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Saidahmad Usmonov, Urgut tumani hokimi B.Jabborov tomonidan, Ramazon hayiti tuhfalari topshirildi.

Shuningdek, sektorda tashkil etilgan kutubxonaga 250 dona turli badiiy va siyosiy adabiyot kitoblari hamda MFY yoshlar yetakchilariga sport jihozlari va jamlamalari taqdim etildi.

NUKUS TUMANIGA TASHRIF YAKUNIDA

 

Samarqand viloyatining Ramazon hayiti hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati Nukus tumanida oʻtkazilgan muruvvat tadbirlari yakunida "Inson qadrini ulugʻlash bosh maqsadimiz" shiori ostida" bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda,  "Temir daftar", "Ayollar daftari" hamda "Yoshlar daftari"da turuvchi 400 nafar fuqaroga viloyat hokimligi tomonidan gaz plita va elektr pechlar topshirildi. 
 
Tadbir soʻngida, Nukus viloyati masʼullari tomonidan, Samarqand viloyati delegatsiyasi aʼzolariga esdalik sovgʻalar taqdim etildi.

SEL XAVFI BOʻLGANDA ZARUR HARAKATLAR BOʻYICHA TAVSIYALAR:

 

➖ sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi toʻgʻrisida xabar eshitgandan soʻng darhol xavfsiz joyga koʻchish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha boʻlishi mumkin) doimo yodda tutish lozim;

➖ sel oqimidan xalos boʻlishning iloji boʻlmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror baland moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3-5 soat davom etishi mumkin; 

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15