YOSHLAR YETAKCHILARI UCHUN O'QUV SEMINARI TASHKIL ETILDI
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan, Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanida Yoshlar yetakchilari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning nazariy hamda amaliy bilimlarini oshirishga qaratilgan o'quvda ishtirok etib kelgan, Urgut tumani yoshlar yetakchilari o'rgangan bilim ko'kinmalarini ommalashtirish maqsadida bugun tumandagi yoshlar yetakchilari uchun o'quv-seminari tashkillashtirildi.
O'quv-seminarda Yoshlarga yer ajratish, liderlik qobiliyatini shakllantirish, huquqbuzarlikka moyilligi bor yoshlar bilan tizimli ishlash, yoshlar murojaatlari, zamonaviy kasblarga o‘qitish, besh tashabbus loyihalari, “Yoshlar daftari” tizimidan maqsadli foydalanish kabi bir qator yo‘nalishlarda tushunchalar berilib, tajriba almashildi.
Seminarda Urgut tuman hokimi B.Jabborov, Urgut tuman hokim o'rinbosari M.Xaliqov, Urgut tuman yoshlar ishlari bo'limi boshlig'i U.Raupov va mahalladagi yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.