✨ Yangi yilning ilk kunida — 1-yanvardan boshlab yurtimizda “XAVFSIZ XONADON OYLIGI”ga start berildi!
Yangi yilni tinchlik, osoyishtalik va xotirjamlik bilan qarshi olish uchun ushbu hushyorlikka chorlovchi oylikda barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz.
🔹 Xonadoningizda isitish maqsadida foydalanilayotgan elektr va gaz jihozlaridan to‘g‘ri va xavfsiz foydalaning;
🔹 HOZIROQ, ZUDLIK BILAN! aniqlangan nosozliklarni bartaraf eting va yaqinlaringizni ham hushyorlikka chorlang;
🔹 Yong‘in yoki boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, darhol 112 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.
❗️Unutmang, hushyorlik — xotirjam hayot, osoyishta Yangi yil va baxtli kelajak garovidir!
🇺🇿Urgut tumani hokimligi axborot xizmati.




