XUSHXABAR
🇺🇿Urgutlik, Uljon Amriyeva jahon chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik birinchi ko‘zi ojiz para dzyudochiga aylandi!
Ostona shahri mezbonlik qilayotgan para dzyudo bo‘yicha jahon chempionatidan xushxabar! Bundan biroz avval ayollar o‘rtasida J1 klassida (ko‘zi ojizlar) -64 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilib kelayotgan Urgut tumanining Etak Beshkapa mahallasidan yurtimiz sportchisi, Uljon Amriyeva final bahsini yakunladi. Ahamiyatlisi, iste’dodli sportchimiz oltin medal uchun kechgan kurashda braziliyalik Silva Larissaga qarshi tatamiga chiqdi va ippon bahosi bilan g‘alaba qozondi.
Ta’kidlash lozimki, Uljon Amriyeva ushbu g‘alabasi orqali jahon chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik birinchi ko‘zi ojiz para dzyudochiga aylandi!
Uljon Amriyevani mazkur tarixiy g‘alaba bilan, Urgut tumani hokimligi nomidan samimiy muborakbod etib, kelajakdagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!