XALQ DEPUTATLARI URGUT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI 21-SESSIYASI BO'LIB O'TDI.
Sessiya kun tartibida kiritilgan masalalar 🔹Urgut tumani prokurori I.Mustanovning tumanda jinoyatchilikni oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan 2025-yil davomida olib borilgan ishlari hamda 2026-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan axboroti to‘g‘risida.
🔹 Urgut tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i M.Kuzievning tumanda jinoyatchilikni oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan 2025-yil davomida olib borilgan ishlari hamda 2026-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.
🔹2026-yilda Urgut tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida.
🔹Urgut tuman prokuraturasining 2026-yil 10-yanvardagi “xalq deputatlari Urgut tuman Kengashi deputatining daxlsizlik huquqidan mahrum qilish” to‘g‘risida”gi 9/-26-sonli taqdimnomasi to‘g‘risida.
🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-29-dekabrdagi 392-393-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash to‘g‘risida.
🔹Urgut tuman hokimining 2025-yil 23-dekabr 305-7-105-Q/25-sonli hamda 27-dekabr 308-7-105-Q/25-sonli qarorlar ijorisi yuzasidan Urgut tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Kamolovning hisoboti to‘g‘risida.
🔹 Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashi huzurida “Xalqparvar” komissiyasini yangi tarkibini tuzish haqidagi masalalar ko'rib chiqildi.
Sessiya ishida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
🇺🇿Urgut tumani hokimligi axborot xizmati.




