insurez
30-09-2025 20:42

Urgutda Ustoz va murabbiylar kuni nishonlandi


Bugun Urgut shahridagi “Oqnur” bazmgohida 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Muallim va murabbiylarning jamiyatdagi o‘rni, ularning ilm-ma'rifat yo‘lidagi fidoyiligi alohida e’tirof etildi.

Tadbirda Urgut tuman hokimi Saidkulov Dilmurod Bastamovich, Samarqand viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamdamov Muzaffar Yazdonqulovich, sektor rahbarlari hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Zoitov Javlon Zokirovichlar ishtirok etishdi.

Faoliyatda o‘zini ko‘rsatgan ustoz va murabbiylarga minnatdorchilik so‘zlari bildirildi. Shuningdek, tuman hokimligi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va tashakkurnomalar, Maktabgacha va maktab ta’limi Urgut tuman bo‘limi tomonidan esa tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ustoz — hayot yo‘limizni yorituvchi sham, qalbimizga nur sepuvchi inson. Bugungi bayram ularning beqiyos mehnatini yuksak qadrlash ramzi bo‘ldi.

Teglar
- -