insurez
09-01-2026 14:21

Urgutda ayollar uchun navbatdagi trening o‘tkazildi.


O‘zbekiston Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati Samarqand viloyat bo‘limi tomonidan, Samarqand viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Urgut tumani ayollari uchun “O‘zbekistonda ayollar huquqlari — biling, foydalaning, himoya qiling” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbirni malakali trener, huquqshunos va advokat hamda psixologlar olib bordilar.
Ushbu tadbir Kanada mahalliy tashabbuslar jamg‘armasi (CFLI) beg‘araz moliyaviy ko‘magi evaziga amalga oshirilayotgan “Samarqand viloyati qishloq joylaridagi xotin-qizlar uchun ustuvor bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

🇺🇿Urgut tumani hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -