insurez
09-01-2026 14:23

Urgut tumanidagi Oila va xotin-qizlar maskanida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan yarashtiruv va profilaktik tadbirlar tizimli ravishda o‘tkazib kelinmoqda.


Mazkur tadbirlarning asosiy ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

🔹 Oilani saqlab qolish
Ajrimlarning oldini olish orqali oilaning mustahkamligi ta’minlanadi. Bu esa farzandlar uchun sog‘lom psixologik muhit yaratib, ularning kelgusida jamiyatga moslashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

🔹 Farzandlar manfaatlarini himoya qilish
Ajrim jarayonlari bolalarda ruhiy tushkunlik, o‘ziga ishonchsizlik hamda xulq-atvorda salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Yarashtiruv tadbirlari, avvalo, farzandlar manfaatlarini ustuvor qo‘ygan holda oila muammolarini bartaraf etishga qaratilgan.

🔹 Ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash
Ajrimlar sonining kamayishi mahalla va jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlaydi, nizolar va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.

Urgut tumani hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -