insurez
06-08-2025 19:00

Urgut tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi


Bugun Urgut tumanida ham Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi

Unda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etdi va Urgut tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, erishilgan natijalarga to‘xtaldi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Botir Jabborov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Urgut tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.

Viloyat rahbari Sayidqulov Dilmurod Bastamovich nomzodini Urgut tumani hokimi etib tayinlash taklifini bildirdi. Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Dilmurod Sayidqulov tayinlovga qadar Samarqand viloyat prokurori o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Viloyat rahbari yangi hokimga tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi hamda faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Teglar
- -