Urgut tumanida Sayyor qabul va Sayyor sud bo‘lib o‘tdi
Jinoyat ishlar bo‘yicha Urgut tuman sudi binosida Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudining raisi G‘.Negmatov va Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudining sudyasi B.A.Shermatov va tuman prokurorining o‘rinbosari A.Sultonov hamda tuman IIB JXX probatsiya bo‘linmasi boshlig‘i podpolkovnik N.R.Alqorovlar tomonidan tuman IIB jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya bo‘linmasi hisobida turgan nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv hamda qabul o‘tkazildi.
Qabulda ularning murojaatlari eshitilib, qonuniy hal qilindi. Tuman IIB JXX Probatsiya bo‘linmasi xisobida jazo o‘tayotgan 24 nafar shaxslar ishtirokida sud bo‘lib o‘tdi. Sud davomida Urgut tumani IIB JXX Probatsiya bo‘linmasi xisobida jazo o‘tayotgan 21 nafar shaxslarga nisbatan Urgut tumani IIB boshlig‘i tomonidan kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqildi.
Shundan, 16 nafar nazorat ostidagi shaxslar tayinlangan jazodan o‘zlariga to‘g‘ri xulosa chiqarganliklari, mexnatga xalol munosabatda bo‘lganliklari xamda jamoatchilik tomonidan ijobiy tavsiflanganligi sababli Urgut tuman IIB boshlig‘i tomonidan kiritilgan taqdimnomalar qanoatlantirilib, sud tomonidan belgilangan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildilar.




