Urgut tumanida Respublika ishchi guruhi tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Urgut tumanida infratuzilma, turizm, ta’lim hamda sog‘liqni saqlash sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ijrosi yuzasidan Respublika ishchi guruhi tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda hududni yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, shuningdek belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazoratni kuchaytirish vazifalari belgilab olindi.
🇺🇿Urgut tumani hokimligi axborot xizmati.




