insurez
19-01-2026 09:27

Urgut tumanida qish mavsumi


Urgut tumanida qish mavsumini betalofat o‘tkazish, aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal va ijtimoiy xizmatlar uzluksizligini ta’minlash, mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida tashkil etilgan uzluksiz navbatchilik shtabi faoliyati tuman hokimi D.Sayidkulov, tuman prokurori I.Mustanov va tuman IIB boshlig‘i M.Kuziyev ishtirokida o‘rganildi.

Xususan hududlarda komunal sohalar bilan bog‘liq holatlar, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarining uzluksiz faoliyati alohida e’tiborga olindi. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tezkor choralar ko‘rish, murojaatlarni qabul qilish va joylarga mas’ullarni zudlik bilan yetkazish mexanizmlari atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, navbatchilik shtabida tunu-kun faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlarning ish faoliyati ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolar yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olinishi belgilandi.

Teglar
- -