insurez
09-01-2026 14:22

Urgut tumanida “Qalqon sardorlari”musobaqasi bo’lib o’tdi


Mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilayotgan “Qalqon guruhlari” a’zolari o‘rtasida “QALQON SARDORLARI” musobaqasining Urgut tumani bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Bellashuvlar davomida mahalla sardorlari o‘zlarining harbiy-amaliy tayyorgarligi, jismoniy chiniqqanligi va chaqqonligini namoyon etib, turli murakkab shartlarni muvaffaqiyatli bajardilar.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida eng munosib sardorlar aniqlanib, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

Ushbu musobaqa mahallalarda jamoat xavfsizligini mustahkamlash, “Qalqon guruhlari” faoliyatini yanada faollashtirish hamda sardorlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

Qalqon sardorlari — mahalla tinchligining ishonchli tayanchidir.

🇺🇿Urgut tumani hokimligi axborot xizmati.
 

Teglar
- -