Urgut tumanida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi
Bugun Urgut tumani hokimligi apparati xodimlari haftaning har juma kuni an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati”da ishtirok etishdi.
O‘quv soati davomida kun tartibidan o‘rin olgan qator dolzarb mavzular yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, o‘quv soati davomida tuman hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari I.Qosimov tuman hokimligida ijro intizomini mustahkamlash orqali ish samaradorlikni oshirish va xodimlarni malakasini oshirish bo‘yicha hokimlik oldida turgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida ta’kidlab o’tdi.