insurez
23-06-2025 15:52

Urgut tumanida navbatdagi sayyor qabul


 

Urgut tumanidagi 4-sektor rahbari M.A.Xoliqov tomonidan Pastki Qalangar mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bir qator ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, jumladan suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minot, ichimlik suvi muammosi, maktabga qo‘shimcha bino qurilishi bo‘yicha murojaatlar bildirildi.

Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, mas’ul tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi. Qator masalalar bo‘yicha joyida hal etish choralariga ko‘rilgan.

Sayyor qabullar fuqarolarning muammolarini bevosita joylarda o‘rganish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish va ularni tizimli ravishda hal etish maqsadida muntazam davom ettiriladi.

Teglar
- -