Urgut tumanida kichik va o'rta biznes vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi.
📊 Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i F.Babayev raisligida Urgut tumanida kichik va o‘rta biznes vakillari ishtirokida ochiq uchrashuv tashkil etildi.
🤝 Muloqot davomida tadbirkorlarni qiynayotgan muhim masalalar —
🔹 soliq imtiyozlaridan to‘g‘ri foydalanish,
🔹 soliq hisobotlarini taqdim etishdagi tartiblar,
🔹 onlayn nazorat-kassa mashinalarining texnik jihatlari,
🔹 ortiqcha QQS summasini qaytarish mexanizmi kabi mavzular atroflicha muhokama qilindi.
📌 Har bir murojaat e’tibor bilan eshitilib, mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Murojaatlarning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
🔰 Soliq organlari tomonidan tashkil etilayotgan bunday muloqotlar tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani mustahkamlash, davlat va xususiy sektor o‘rtasida ishonchli va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yo‘lida muhim qadamdir. Shuningdek, uchrashuvda tuman hokimi D.Saidqulov va masʼul rahbarlar ishtirok etishdi.