insurez
27-01-2026 09:09

Urgut tumanida fermerlar bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Samarqand viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi o‘rinbosari I.Qosimov Urgut tumanida fermer xo‘jaliklari bilan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilish davomida fermer xo‘jaliklarining soliq va elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorlik holati muhokama qilindi. 

Shuningdek, g‘alla parvarishi, dala chetlari holati, 2026 yil asosiy maydonlarga kartoshka ekish hamda elektron tizimlarga ma’lumotlarni kiritish masalalari yuzasidan aniq topshiriq va tushuntirishlar berildi.

📌 Fermerlar faoliyatini samarali tashkil etish va kelgusi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish ustuvor vazifa etib belgilandi.

Teglar
- -