insurez
14-10-2025 19:26

Urgut tumanida 2025-yil 3-chorak yakunlariga ko‘ra jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi HISOBOT


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-aprelda “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-5072-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli byudjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi QQ-666-IV-sonli qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-iyuldagi “Tashabbusli byudjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QQ-787-IV-sonli qarorlari qabul qilingan.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarni amalga oshirish uchun tuman hokimligida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i shakllantirildi. Ushbu jamg‘armaga qarorga asosan 2025-yil 1-iyul holatiga:

  • 2025-yil 2-chorak daromadlarining hisobot choragi yakunlari bo‘yicha aniqlangan prognozdan oshirib bajarilgan qismining 1 532,32 mln so‘m,

  • 2024-yil va 2025-yil 1-mavsumlardan iqtisod qilingan mablag‘lardan 2 228,29 mln so‘m,

  • tuman byudjetining tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizi 14 650,0 mln so‘m,

Jami 18 410,61 mln so‘m ajratilgan mablag‘lar Xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlariga asosan o‘tkazilishi ta’minlandi.


2025-yil 1-mavsumda g‘olib deb topilgan loyihalar bo‘yicha:

2025-yil 1-mavsumida ovoz berish jarayonining yakuniy natijalariga ko‘ra eng ko‘p ovoz to‘plagan 17 ta – 25 498,5 mln so‘mlik loyihalar g‘olib deb topilgan.

Sohalar kesimida tahlil qilinganda:

Mahallalardagi mavjud ichki yo‘llarni ta’mirlash:

Buyurtmachi tashkilot: “Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUK, jami 13 ta loyiha uchun 19 498,5 mln so‘m ajratilgan.

Bajarilgan ishlar:
(Quyidagi bandlarda loyihalar 100% bajarilib foydalanishga topshirilgan, agar boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa)

  1. O‘zbekiston MFY – Chorbog‘ va Sadaf ko‘chalari – “Farovon-yo‘l servis” MChJ

  2. Yuqori Tegana MFY – bir nechta ko‘chalar – “Ozodjon elegant stroy” MChJ

  3. Ispanza MFY – Lakkon qishlog‘i – “Nurlizomin qurilish” MChJ

  4. Pochvon MFY – Pochvon ko‘chasi – “Tex nur kafolat” MChJ

  5. Xalqobod MFY – Qusam Ibn Abbos va Abdulla Qahhor ko‘chalari – “Samarqand 3-son ta’mirlashqurilish” MChJ

  6. Quyitegana MFY – Bobur, Maxsud Shayxzoda, Husayn Boyqaro ko‘chalari – “Farovon-yo‘l servis” MChJ

  7. Beshbuloq MFY – O‘.Xoshimov, Soyguzar, maktab va qabriston yo‘llari – “Dilaziz kapital invest” MChJ

  8. Dehqonobod MFY – ichki ko‘chalar – “Toyloq tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi” DM

  9. Sufi MFY – ichki tosh va tuproq yo‘llar – “Toyloq tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi” DM

  10. Jayratepa MFY – Marjon va Registon ko‘chalari – “Best building industry service” MChJ (bajarilgan, lekin sifatsiz bo‘lgani sababli foydalanishga topshirilmagan)

  11. Ko‘tarma MFY – Marvarid va Tokzor ko‘chalari – “Nizomiddin quruvchi” XK

  12. Bekravot MFY – Zambarak qishlog‘i, Fozil Yuldosh ko‘chasi – “Dilaziz kapital invest” MChJ

  13. Beshyog‘och MFY – bir nechta ko‘chalar – “Farovon-yo‘l servis” MChJ


Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy soha:

Buyurtmachi tashkilot: Samarqand viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK
Jami 4 ta loyiha uchun 6 000,0 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.

  1. Urgut tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga qo‘shimcha bino – “Dilshoda obod qo‘rg‘on” MChJ – ishlar 70% bajarilgan.

  2. Jozmon OShP filiali mukammal ta’mir – “Akmal A Digital” XK – ishlar 85% bajarilgan.

  3. Jozmon OShPga Bekravot MFYda filial qurish – “Dilshoda obod qo‘rg‘on” MChJ – fundament ishlari bajarilmoqda.

  4. Nogironlar uchun kutubxona va adaptiv sport markazi – “Pristij light house” MChJ – fundament ishlari bajarilmoqda.


2025-yil 2-mavsumda g‘olib deb topilgan loyihalar bo‘yicha:

2025-yil 2-mavsumida 17 ta loyiha (umumiy qiymati 23 mlrd 397,7 mln so‘m) g‘olib deb topildi:

  • 14 ta ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha – 20 mlrd 997,7 mln so‘m

  • 1 ta umumta’lim maktabga bino qurish – 82-maktab, 1 mlrd 500 mln so‘m

  • 1 ta ichimlik suv ta’minoti (Chumchuqli MFY) – 1 mlrd 500 mln so‘m

  • 1 ta elektr ta’minoti (G‘ishtmachit MFY) – 1 mlrd 400 mln so‘m

Bugungi kunda ushbu loyihalar bo‘yicha manzilli ro‘yxat shakllantirilib, buyurtmachi tashkilotlar tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqish jarayoni davom etmoqda.


Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari:
B. Salomov

Teglar
- -