insurez
17-02-2026 11:45

Urgut tumani hokimi kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha shtab faoliyatini oʻrgandi


 

Urgut tumani hokimi D. Sayidkulov kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida kunu tun faoliyat yuritayotgan tezkor shtab ish jarayonlari bilan tanishdi.

Oʻrganish davomida shtab tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, xususan, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi hamda issiqlik bilan ta’minlash, yo‘l infratuzilmasini doimiy nazoratda saqlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasidagi ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Tuman hokimi mas’ul tashkilot rahbarlariga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan aniqlash va bartaraf etish, zarur texnika va moddiy resurslar zaxirasini shakllantirish, aholining murojaatlariga tezkor va samarali javob qaytarish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Shuningdek, navbatchilik asosida tashkil etilgan ish jarayonlarining samaradorligini oshirish, xizmatlarning o‘zaro hamkorligini mustahkamlash hamda har bir hudud kesimida doimiy monitoring olib borish zarurligi ta’kidlandi.
 

Teglar
- -