Urgut tumani hokimi Dilmurod Sayidqulov “Silk Fiber” korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Korxona mutasaddilari tomonidan ishlab chiqarish jarayonlari, xom ashyo tayyorlash va eksport bozoriga chiqarish ishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Mazkur korxonada:
• Pilla xom ashyosi kasanachilik asosida yetishtiriladi;
• Qayta ishlanadi va tayyor mahsulot sifatida xorijiy mamlakatlarga eksport qilinadi.
Uchrashuv davomida ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va eksport imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.