insurez
17-02-2026 11:44

Urgut tumani hokimi, Dilmurod Sayidkulov rahbarligida “G‘ijduvon” kanalida amalga oshirilayotgan betonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.


 

Jarayon davomida kanal qoplamasining sifatli va belgilangan texnik me’yorlar asosida bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, beton quyish texnologiyasiga qat’iy rioya etish, ish jarayonlarini bosqichma-bosqich nazorat qilish, laboratoriya va o‘lchov nazoratlarini muntazam olib borish hamda qurilish materiallarining sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, suv resurslaridan samarali foydalanish, suv yo‘qotilishini minimallashtirish hamda kanalning uzoq muddatli va ishonchli ekspluatatsiyasini ta’minlash masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilab olindi.

Mazkur ishlar hududdagi sug‘orish tizimini yanada takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi yerlarini barqaror suv bilan ta’minlash hamda aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
 

Teglar
- -