Urgut tumani hokimi D. Sayidkulov tomonidan joyiga chiqib o‘rganish amalga oshirildi
Urgut tumani hokimi D. Sayidkulov Davlatimiz rahbarining 392-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Vatkan” agrofirmasi hududida joylashgan nasos stansiyalarida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.
O‘rganish jarayonida mas’ul tashkilotlar rahbarlari hamda mutaxassislar tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari, texnik yangilanishlar, mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda energiya tejamkor uskunalarni o‘rnatish bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, rekonstruksiya ishlarini belgilangan muddatlarda va sifat talablariga muvofiq yakunlash, suv ta’minoti barqarorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini samarali sug‘orish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Mazkur loyiha hududda irrigatsiya tizimini takomillashtirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda agrosoha samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.




