Urgut tuman elektr tarmoqlari korxonasida "Urgut sadosi" gazetasi muxbir va jurnalistlari ishtirokida press-tur bo‘lib o‘tdi.
Press-turda ishtirok etganlar korxonaning 2024-2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishda amalga oshirilayotgan ishlari va rejalari bilan tanishdilar.
Bugungi kunda tuman elektr tarmoqlari korxonasida jami 1290 dona transformator punkti mavjud bo‘lib, shundan 345 dona transformator punkti iste’molchi balansida 945 dona transformator punkti Urgut TETK balansida.
10 kVAli havo tarmog‘ining uzunligi 1050,5 km 0,4 kVAli havo tarmog‘i uzunligi 910,5 kmni tashkil etadi.
Shundan iyul oyigacha 84 dona transformator punktlarini mukammal ta’mirlash reja qilingan bo‘lib, shu paytgacha 68 donasi таъмирланди.
Qolgan 16 tasi oktyabr oyigacha ta’mirlanishi ko‘zda tutilgan