Urgut savdo kompleksi hududida elektr energiyasidan unumli foydalanish va xavfsizlikka oid seminar bo‘lib o‘tdi
Urgut savdo kompleksi hududida tadbirkorlar, savdo nuqtalari egalari hamda fuqarolar ishtirokida elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanish, shuningdek, elektr xavfsizligi qoidalariga rioya etish mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminar davomida:
• elektr energiyasidan noqonuniy va me’yorlarga zid foydalanish oqibatlari,
• energiya tejamkor texnologiyalar va ularning afzalliklari,
• elektr jihozlaridan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish,
• favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan aniq va tushunarli javoblar berildi.
🇺🇿Urgut tumani hokimligi axborot xizmati.




