insurez
28-01-2026 09:12

Tuz–qum zaxirasi holati o‘rganildi.


Tuman prokurori I.Mustanov hamda tuman hokimi o‘rinbosari S.Xudoyberdiyev tomonidan tuz–qum zaxirasi holati o‘rganildi.

Qish kunlarida yo‘llar muzlagan vaqtda harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida tuz–qum aralashmasi zaxirasining yetarliligi, saqlash sharoitlari hamda uni tezkor tarqatish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida mas’ul tashkilotlarga zaxirani belgilangan me’yorlarda saqlash, zarur texnika va ishchi kuchini shay holatda ushlab turish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, fuqarolar xavfsizligi va yo‘llarda uzluksiz harakatni ta’minlash ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi.
 

Teglar
- -