insurez
26-09-2025 16:19

Tumanda navbatdagi Sayyor qabul o’tkazildi


Navbatdagi Sayyor qabul o’tkazildi

 

To’rtko’l mahallasida Urgut tumani hokimi  Dilmurod Sayidkulovning navbatdagi ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi.

 

Sayyor qabulda ishtirok etgan fuqarolar asosan ichimlik suvi, elektr ta’minoti, yo‘l holati, bandlik, moddiy yordam va yer masalalari bo‘yicha murojaatlar bilan chiqishdi. Har bir murojaat alohida qayd etilib, ayrim masalalar joyida hal qilindi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi va ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

 

Bunday sayyor qabullar aholining muammolarini bevosita eshitish va tezkor yechim topishga xizmat qilmoqda.

Teglar
- -