Tuman hokimining mutasaddilar bilan birga uyma-uy yurib, xonadonlarni o‘rganishi natijasida Nisbot mahalla fuqarolar yig‘ini ham o‘rganildi.
Ijtimoiy ko‘makka muhtoj xonadonlarning biri kredit asosida sigir bilan ta’minlangan bo‘lsa, o‘rganishlar natijasida Madina Qurbonboyeva xonadoniga tashrif buyurgan mutasaddilar xonadan egalarini 15 dona xonaki tovuq bilan rag‘batlantirishdi.
Yosh farzandlari bor ushbu oilaga berilgan ko‘mak, ularning oilaviy budjetiga albatta o‘z hissasini qo‘shadi.
Bundan tashqari, tomorqasidagi ekinlarni sug‘orish bo‘yicha muammosi bo‘lgan oila egalarining ham ushbu masalasi o‘z yechimini topib, muammolari bartaraf etildi.