Tuman hokimi “Jartepa” chegara bojxona postida aholiga yaratilgan qulayliklarni o‘rgandi
Urgut tumani hokimi Dilmurod Sayidqulov “Jartepa” chegara bojxona postiga tashrif buyurib, chegara orqali o‘tuvchi fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar va qulayliklar holatini o‘rgandi.
Tashrif davomida bojxona posti hududida xizmat ko‘rsatish sifati, navbatlarni tezkor tartibga solish, infratuzilma imkoniyatlari hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning samaradorligi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, “DUTY FREE” bojsiz savdo do‘konida aholiga xizmat ko‘rsatish holati ham ko‘zdan kechirildi.
Mutasaddilarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga yanada qulay va tezkor xizmat ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.