insurez
20-01-2026 09:46

Tuman hokimi D.Sayidkulov tadbirkorlar bilan uchrashdi


Uchrashuvda tuman hududida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirkorlar o‘z faoliyatida duch kelayotgan muammolar, jumladan, kredit ajratish, yer ajratish, infratuzilma, elektr energiyasi va gaz ta’minoti, hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan taklif va murojaatlarini bildirdilar.

Tuman hokimi tomonidan har bir murojaat alohida eshitilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish hamda davlat va tadbirkor o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.

🇺🇿Urgut tumani hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -