insurez
23-06-2025 15:47

Tuman hokimi B. Jabborovning tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.


 

Tuman hokimligi mas’ullari, shuningdek, tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda tadbirkorlar tomonidan amaldagi muammolar, ilgari surilayotgan tashabbuslar hamda takliflar bayon etildi.

Muhokama jarayonida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, mavjud muammo va kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Shuningdek, Chorchinor ziyoratgohini qayta rekonstruksiya qilish ishlari joyida muhokama etildi.

Tuman hokimi loyiha va takliflar bilan yaqindan tanishib, ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida, loyihani har tomonlama puxta rejalar asosida ishlab chiqish bo‘yicha o‘zining tavsiya va ko‘rsatmalarini berib o‘tdi.

Shundan so‘ng, jonliq so‘yilib, Qur’on tilovat qilinib, sohalarga rivoj, yurtimizga tinchlik, xalqimizga omonlik so‘rab duoga qo‘l ochildi.

Teglar
- -