insurez
25-08-2025 10:28

Temir yoʻl tarmogʻini tortish hamda yangi vokzal binosi qurilishi bilan bevosita tanishdi


Urgut tumani hokimi Dilmurod Sayidqulov tumanda olib borilayotgan yirik infratuzilma loyihalaridan biri — temir yoʻl tarmogʻini tortish hamda yangi vokzal binosi qurilishi bilan bevosita tanishdi. Tashrif davomida loyiha doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari, temir yoʻl liniyasining yoʻnalishi va zamonaviy vokzal majmuasining loyihasi atroflicha koʻrib chiqildi.

Hokim mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan birgalikda ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda xavfsizlik choralarining toʻliq taʼminlanishi masalalariga alohida eʼtibor qaratdi. U mazkur loyiha nafaqat tuman aholisi uchun qulay transport imkoniyatlarini yaratishi, balki Urgutning iqtisodiy va turistik salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishini taʼkidladi.

Teglar
- -