TASHQI REKLAMA VOSITALARI O‘RGANILMOQDA
Tuman hokimligi ishchi guruhi E. Murodullayev boshchiligida “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlar talablariga amal qilinmasdan, tartibsiz, o‘zboshimchalik bilan joylashtirilgan tashqi reklama vositalarini o‘rganib chiqmoqda.
“Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasiga ko‘ra, reklama joyining pasporti reklamani o‘rnatish huquqini tasdiqlaydi. Qonunning 6-moddasida esa reklama matni davlat tilida yozilishi va tarqatilishiga oid normalar belgilangan.
Tadbirkorlik subyektlari hujjatning 47-moddasiga asosan qonunchilikni buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantiriladi.
Hurmatli tadbirkorlar!
O‘z mahsulot va xizmatlaringizni targ‘ib etishda “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga amal qilishingizni so‘raymiz.




