Tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Xalq qabulxonasida tuman hokimi Dilmurod Sayidqulovning tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tuman hokimligi mas’ullari, shuningdek, tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi. Tadbirkorlar o‘z faoliyatida duch kelayotgan muammolar, shuningdek, turli tashabbus va takliflarini bayon qildilar. Tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Muammolarni joyida hal etish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha muddatlar belgilandi.