Soliq qonunchiligida nima o‘zgarishlar bor?
2026-yil 1-yanvardan boshlab mulk, yer, qo‘shilgan qiymat, aylanmadan olinadigan, daromad va ijtimoiy soliq bo‘yicha hisobotlarni soliq organlari shakllantiradi.Mazkur yangi tartib bo‘yicha soliq organlari o‘zi hisobotni shakllantirib beradi va hisobot muddatidan kechiktirilmagan holda soliq to‘lovchilar 5 kungacha uni o‘zgartirishlari mumkin. Agar shu muddatda o‘zgartirish kiritilmasa, bu soliq to‘lovchining hisobotga roziligini bildiradi.
Urgut tumanida 2026-yil 1-yanvardan soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subyektlariga yetkazish maqsadida o‘tkazilgan seminarda shu kabi o‘zgarishlar bo‘yicha tadbirkorlarga batafsil tushuntcha berildi.
Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Fayoz Imamov atroflicha javob berdi.
Urgut tumani hokimligi axborot xizmati.




